Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

FIFA JCh finalidagi janjal uchun Paredesni 10 ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi

FIFA JCh finalidagi janjal uchun Paredesni 10 ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi

FIFA Intizom qo‘mitasi Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi JCH-2026 finalidan keyin futbolchilar ishtirokida yuz bergan janjal bo‘yicha qaror chiqardi.

Eng og‘ir jazo Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredesga berildi. Mojaroning eng faol ishtirokchilaridan biri bo‘lgan futbolchi 10 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Argentinalik yana bir futbolchi Nauel Molina 7 ta o‘yin, Tyago Almada esa 2 ta uchrashuv o‘tkazib yuboradi. Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabi a’zosi Roberto Ayyala 3 ta o‘yinga chetlatildi.

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Gavi ham jazodan qochib qutula olmadi — u 1 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Democrata ma’lumotiga ko‘ra, barcha jazolar faqat milliy terma jamoalar miqyosidagi uchrashuvlarga taalluqli. Shu sababli futbolchilar o‘z klublari safida maydonga tushishda davom etishlari mumkin.

Kiritildi: 23:09 21.08.2026. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!