bu haqda BBC xabar bremoqda.
Almashtirish taklifi bilan AQSh prezidenti Donald Trampning global sheriklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli chiqqandi.
FIFA Zampollining taklifiga rasman izoh bermadi, biroq Infantinoning o‘tgan haftadagi bayonotiga ishora qildi. "Eron jamoasi, albatta, keladi", — degandi FIFA prezidenti.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Eron terma jamoasi Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan birga G guruhidan joy olgan. Ushbu guruhning barcha o‘yinlari AQSh shaharlari — Los Anjeles va Sietlda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.