Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

FIFA angliyalik hakamlarga Argentina terma jamoasining JCH-2026 o‘yinlarida hakamlik qilishni taqiqladi

FIFA angliyalik hakamlarga Argentina terma jamoasining JCH-2026 o‘yinlarida hakamlik qilishni taqiqladi

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) angliyalik hakamlarni 2026 yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi o‘yinlaridan chetlashtirdi.

Bu haqda The Mirror nashri xabar berdi.

FIFA ingliz hakamlari Maykl Oliver va Entoni Teylorni Argentina o‘yinlarida hakamlik qilishni taqiqladi. Bunga 1982 yilda Buyuk Britaniya va Argentina o‘rtasida sodir bo‘lgan Folklend urushi sabab bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar bahsli hududlar tufayli tarangligicha qolmoqda. Oliver allaqachon xuddi shu sababga ko‘ra 2022 yilgi jahon chempionati finalini Argentina va Fransiya o‘rtasida boshqarishdan chetlashtirilgan.

Kiritildi: 11:41 11.07.2026. O'qildi: 2546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!