Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Fidan: “Meni o‘ldirishga uringanlar bor"

Fidan: “Meni o‘ldirishga uringanlar bor"

Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan besh yilcha avval uni margimush va simob bilan zaharlashga urinish bo‘lganini ma’lum qildi.

Bu haqda Fidan 24TV telekanali efirida ma’lum qildi.

"Bu margimush va simobdan og‘ir zaharlanish edi. Zaharlanish qayerdadir sodir bo‘lgan, keyin bu tahlillar natijasida aniqlangan. Bu to‘rt-besh yil oldin sodir bo‘lgan," - dedi u.

Vazir kim zaharlashga uringan bo‘lishi mumkinligini aytmadi. Ammo u "dushmanlar nafaqat ichkarida, balki tashqarida ham mavjud"ligini ta’kidladi.

Fidan 2023 yilda TIV rahbari lavozimini egalladi. Bungacha u Turkiya Milliy razvedka tashkilotiga rahbarlik qilgan.

Kiritildi: 16:41 10.05.2025. O'qildi: 803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!