Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Fidan: "Istanbuldagi Rossiya va Ukraina muzokaralari konstruktiv muhitda o‘tdi"

Fidan: "Istanbuldagi Rossiya va Ukraina muzokaralari konstruktiv muhitda o‘tdi"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan 2 iyun kuni Istanbulda Ukraina bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarning ikkinchi bosqichi konstruktiv muhitda o‘tganini aytdi.

X ijtimoiy tarmog‘idagi postida u yaqin kunlarda tomonlar o‘zaro almashilgan memorandumlar bo‘yicha texnik darajada ish boshlashiga umid bildirdi.

"Biz Rossiya va Ukraina o‘rtasida konstruktiv ruhda o‘tgan muzokaralarning ikkinchi raundini o‘tkazdik va tomonlar birinchi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni birlashtirdi. Gumanitar almashinuv yangi toifalar va ko‘proq odamlarni qamrab olgan holda kengayib bormoqda. Tomonlar, shuningdek, o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik bo‘yicha o‘z qarashlarini aks ettiruvchi memorandumlar almashdilar. Yaqin kunlarda ular ushbu matnlar ustida texnik darajada ish boshlaydilar”, - deb yozadi Fidan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi Istanbul uchrashuvi chog‘ida tomonlar yetakchilar darajasidagi ehtimoliy uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirishga qaror qilishgan.

“Rahbarlarimizning jamoaviy irodasidan kelib chiqqan holda, urush oqibatida yetkazilgan yo‘qotishlarga barham berish uchun har ikki tomonning ko‘rsatgan natijaga yo‘naltirilgan yondashuvi tahsinga loyiq”, — dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Kiritildi: 07:07 03.06.2025. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!