Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Fevral oyida banan narxining nega keskin pasaygani aytildi

Fevral oyida banan narxining nega keskin pasaygani aytildi

Yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda banan mevalarining O‘zbekistonga Xitoydan olib kirilishi va ularda koronavirus infeksiyasi borligi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Davlat Statistika qo‘mitasi ushbu mish-mishlar ta’sirida Respublikada banan narxi arzonlashganini ma’lum qildi.

Qo‘mita ma’lumotlari bo‘yicha fevral oyida bananlar 5,5 foizga arzonlashgan. Odatda ularning narxi Yangi yil bayramidan keyin pastlardi va ko‘pincha yanvar oyida taxminan 1 foizga arzonlashgani sezilardi. 2020 yilning yanvar oyida ham vaziyat deyarli shunday kechdi va narxlar avvaliga 0,8 foizga arzonlashdi.

Qo‘mitaga ko‘ra, fevral oyida nafaqat banan, balki boshqa sabzavotlar, jumladan sabzi (0,7 foiz), apelsinlar (0,6 foiz), karam, tuzlangan va marinadlangan pomidorlar (0,4 foiz) va sholg‘om (0,2 foiz) arzonashgan.

15 fevraldagi xabarda O‘zbekistonga sotiladigan bananlarning deyarli barchasi Ekvadordan keltirilishi, Xitoy hech qachon O‘zbekistonga banan yetkazib bermagani, chunki u mazkur mevani eksport qiladigan mamlakat hisoblanmasligi ma’lum qilingan.

Shuningdek, koronavirus faqat tirik mavjudotlar xususan odamdan odamga, yoki hayvondan odamga yuqishi mumkin. Banan Xitoyda yetishtirilgan bo‘lsa ham undan koronavirus infeksiyasinin yuqtirib olish hayot haqiqatiga zid. Avval JSST koronavirusning chivin yoki pashsha chaqishi oqibatida, ya’ni qondan odamga yuqishi mumkinligini inkor qilgan.

Kiritildi: 08:51 04.03.2020. O'qildi: 5292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!