Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Feruza Babashevaning deputatlik vakolati muddatidan avval tugatildi

Feruza Babashevaning deputatlik vakolati muddatidan avval tugatildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi deputatlarning tashabbusi bilan chaqirilgan holda o‘tkazildi. Unda bitta masala, tuman Kengashining 30-“Uyshun” saylov okrugidan saylangan deputat Feruza Babashevaning deputatlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiya ishida Xalq deputatlari tuman Kengashi “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi Dilorom Zulyorovaning axboroti eshitildi.

Komissiya raisining axboroti va deputatlarning qo‘shimcha taklif, fikr-mulohazalarini inobatga olib, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga asosan, Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi qarorni, sessiyada qatnashgan 24 nafar deputatdan 23 nafari yoqlab ovoz berishdi.

Sessiya ishida Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Kiritildi: 14:57 03.12.2021. O'qildi: 8941 marta. Fikrlar soni: 40 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!