Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Ferrari’ning ilk elektromobili auksionda rekord narxga sotildi

Ferrari’ning ilk elektromobili auksionda rekord narxga sotildi

Ferrari kompaniyasining Ferrari Luce deb nomlangan ilk elektromobili AQShning Monterey shahrida o‘tkazilgan auksionda rekord 40 mln dollarga sotildi.

Bu haqda RM Sotheby’s auksion uyi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, sotilgan elektromobil Ferrari’ning dizayn, materiallar va ranglar sohasida olib borgan tadqiqotlarining eng ilg‘or natijalarini o‘zida mujassam etgan.

"Chassis 0 sifatida belgilangan ushbu avtomobil Ferrari Luce modelining birinchi seriyali nusxasi hisoblanadi", — deyiladi auksion uyi xabarida.

Shu tariqa, Ferrari’ning elektromobillar yo‘nalishidagi ilk seriyali modeli auksionda 40 mln dollarlik rekord narx bilan sotildi.

Kiritildi: Bugun 11:26. O'qildi: 424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!