Fransiyada traktorlar, bayroqlar va g‘azablangan aholi - fermerlar Parij yaqinidagi yo‘lni to‘sib qo‘yishdi.
Namoyishchilar Yevropa Ittifoqi va Janubiy Amerika davlatlari o‘rtasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan kelishuvdan norozi. Ularning fikricha, kelishuv “nohaq raqobat”ga olib keladi.
Shu bilan birga, hujjatning imzolanishi qishloq xo‘jaligi inqirozini keltirib chiqaradi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Argentinaga tashrifi bilan parallel ravishda fermerlarning norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda.