Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va hozirda Qonunchilik palatasining Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilayotgan yangi qonun loyihasida faxriy donorlar uchun bir qator imtiyozlar nazarda tutilmoqda.
Aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish hamda qon donorlarini rag‘batlantirishga qaratilgan qonun loyihasi bilan, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga beriladigan bir martalik pul mukofoti miqdori oshirilmoqda.
Shuningdek, loyihaga ko‘ra, "O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar shahar jamoat transportidan (yo‘nalishi va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lishadi. Buning ustiga, ularga sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish imkoniyati yaratiladi.