Qarorga muvofiq, 2024/2025 o‘quv yilidan:
🔹umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari o‘tkaziladi;
🔹ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi bilimini oshirishga qaratilgan “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasi amalga oshiriladi.
🗓 2024 yil 1 dekabrgacha:
➖o‘quvchilarda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet”ni shakllantirishda “maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligi zanjirini yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan o‘quv va ommabop uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi;
➖ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan xalqchil tildagi adabiyotlar yaratiladi.
⚡️2024 yil dekabr oyida “Tarbiya – shaxs madaniy-ma’naviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum o‘tkaziladi.
🌐 2025 yil yakunigacha ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.