Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Farzand ona tarbiyasiga olib berildi

Farzand ona tarbiyasiga olib berildi

Ona uchun farzand dunyodagi eng yaqin insoni, yuragining parchasi, ko‘zining nuri, qalbining huzuri. Bir on bolasini ko‘rmasdan yashash, undan yiroqda bo‘lish ona uchun iztirobli. Bag‘dod tumanida yashovchi M.D ham qizini uch oydan buyon ko‘rmagan.

Ayrim sabablar tufayli Mirzayevlar oilasiga darz ketgani, ayol va erining oralaridagi tushunmovchiliklar sabab farzand ota tarbiyasida olib qolingan.

Bolasining diydoriga mushtoq ona sudga murojaat etgan va sud tomonidan adolatli qaror qabul qilinib, bola onasi qaramog‘iga qaytarilishi belgilab berilgan.
Sobiq turmush o‘rtog‘i ham farzandini oldiniga berishni istamadi, albatta. Bola ham onasidan yashirinib, uyga qulflanib oldi.

Biroq onaning mehrli so‘zlari va erkalashlari bola qalbidagi iliqlikni uyg‘otib, dillarini shod etdi.

Sud qarorining so‘zsiz ijrosini ta’minlashga mas’ul Byuroning Bag‘dod tuman bo‘limi xodimlari oila a’zolari, xonadon vakillari bilan tushuntirish ishlari olib bordi. Natijada esa bola onasi qaramog‘iga olib berildi.

Kiritildi: 16:05 14.05.2025. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!