Isroil garovga olish bo‘yicha kelishuvning bir qismi sifatida G‘azo sektorida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ladi.
Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, agar radikallar o‘zlarida bo‘lgan barcha garovga olinganlarni ozod qilsa, anklav to‘liq demilitarizasiya qilinsa va XAMAS harakati zona hududini tark etsa, Isroil G‘azodagi urushni tugatishga tayyor bo‘ladi.
Netanyaxuning qo‘shimcha qilishicha, Isroil armiyasi "Gidyon aravalari" operasiyasi yakunlangandan so‘ng G‘azo sektorining barcha qismlarini nazorat qiladi. Bu maqsadga erishish uchun Isroil Falastin anklavidagi gumanitar inqirozni hal qilish orqali harakat erkinligini saqlab qolishi kerak, dedi u.