Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Farhod Mannopov vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga yuborildi

Farhod Mannopov vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga yuborildi

Farhod Mannopov (Mittivine) vafoti bilan bog‘liq jinoyat ishi sudga yuborildi. Bu haqda Sputnik'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.

Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 116- (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 117- (Xavf ostida qoldirish) moddalari bilan ayblov e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, taniqli bloger Farhod Mannopov joriy yilning 5 mart kuni vafot etgandi. U yiqilish oqibatida olgan tan jarohati sabab operasiya qilingan. Shundan so‘ng, koma holatidan chiqa olmagan.

Kiritildi: 18:25 27.09.2023. O'qildi: 1774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!