Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onalik erkak mahalladoshi bo‘lgan ayolga tuhmat qilib, oilasini buzib yubordi

Farg‘onalik erkak mahalladoshi bo‘lgan ayolga tuhmat qilib, oilasini buzib yubordi

Tuhmat bu – bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish hisoblanadi. Tuhmat qilishning oqibatlari biz o‘ylagandan ham og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Xatto, bir necha yillardan buyon axil bo‘lib yashab kelayotgan oilalarni ham. Shu o‘rinda, sudlar bu kabi huquqbuzarliklar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda eng avvalo sodir etilgan qilmishning sababi va oqibatlariga e’tibor qaratib jazo tayinlab kelmoqdalar.

Xususan, Farg‘ona viloyatining Toshloq tuman ma’muriy sudi tomonidan 2020 yil 13 may kuni O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 40-moddasi (tuhmat) va 45-moddasi (fuqarolarning turar joy daxlsizligini buzish) bilan V.Usmonovga nisbatan to‘plangan ma’muriy ish materiallari ko‘rib chiqildi.

Farg‘ona viloyat ma’muriy sudining sudyasi M.Maraximovning "Aniq.uz"ga ma’lum qilishicha, V.Usmonov 2020 yil 12 mart kuni Toshloq tuman, Besarang mahalla fuqarolar yig‘ini, Yangi Guliston ko‘chasida yashovchi qo‘shnisi S.Xolmatovani yashash xonadoniga uning ruxsatsiz kirib borgan va S.Xolmatovani Sherzod ismli jiyani bilan ishqiy munosabatda gaplashib turganini ko‘rgani haqida uni turmush o‘rtog‘i M.Otaxonovga gapirib, unga tuhmat qilgan.

V.Usmonov sud majlisida aybiga qisman iqror bo‘lib, S.Xolmatovaga tuhmat qilmaganini bildirib, vaj keltirsa-da, uni vajlari jabrlanuvchi S.Xolmatova, guvoh M.Otaxonov va SH.Shermatovning suddagi, guvoh YU.Xolmatova, D.O‘rmonov va U.Sobirovlarning surishtiruvdagi ko‘rsatmalari bilan rad qilindi.

Eng achinarlisi, yuqoridagi voqealardan so‘ng S.Xolmatovani turmush o‘rtog‘i uni hiyonatda ayblab, uyidan haydab yuborgan, bolalar esa sarson bo‘lmoqda. V.Usmonovni o‘ylamay qilgan ishlari oqibatida bir necha odamlar va oilalar sarson.

Ish bo‘yicha jabrlanuvchi S.Xolmatova sud majlisida huquqbuzarga qat’iy jazo tayinlanishini so‘radi. Sudning qaroriga ko‘ra, V.Usmonov O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 40-moddasi va 45-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga MJtKning 34-moddasiga asosan uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida 4 460 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Koshki bu kabi jarimalarni tayinlanishi va ommaga ochiqlanishi kelgusida bu kabi huquqbuzarliklarni sodir etilishini oldini olishda xizmat qiladi.

 

 

 

Kiritildi: 15:05 29.05.2020. O'qildi: 7505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!