Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onadagi YTHda haydovchi vafot etdi

Farg‘onadagi YTHda haydovchi vafot etdi

Joriy yilning 5 yanvar kuni Farg‘ona viloyatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Mazkur YTH oqibatida 57 yoshli haydovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 5 yanvar kuni soat 11:00 da “Oqtepa” mahallasi hududida 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro R.M. boshqaruvidagi Nexia-2 mashinasi bilan 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro M.R. boshqaruvidagi Damas to‘qnashib ketgan.

Damas haydovchisi M.R. olgan tan jarohati oqibatida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 17:25 08.01.2023. O'qildi: 2266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!