Farg‘ona viloyati Rishton tumanida «GAZ-53» yuk mashinasi piyodani urib yubordi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 14 oktyabr kuni T.V. ismli fuqaro «GAZ-53» rusumli avtomashinasini «Bo‘jay» MFY hududida boshqarib ketayotib, yo‘l chetida ketayotgan voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan. Oqibatda D.M. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, ulardan yo‘l harakati qoidalarini buzmasliklarini so‘rab qoladi.