Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada "tovlamachi” dugona qo‘lga olindi

Farg‘onada "tovlamachi” dugona qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 20 fevral kuni Farg‘ona shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga 23 yoshli Munojatxon F., ariza bilan murojaat qilib, unda tanishi 23 yoshli Zarina Q., sir saqlanishi lozim bo‘lgan foto va videotasvirlarni turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatmasligi evaziga 1.500 AQSh dollari talab qilayotganligini ma’lum qilib, Zarina Q.,ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgan. O‘z navbatida, o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Farg‘ona shahrida joylashgan “555” nomli kafeda Zarina Q. bilan va 21 yoshli Mafruza I.,lar tovlamachilik yo‘li bilan Munojatxon F.,dan 1.500 AQSh dollar pul mablag‘larini olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi X.O.Jurayev tomonidan Zarina Q., va Mafruza I.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Kiritildi: 21:45 26.02.2021. O'qildi: 3006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!