Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada «Tez yordam» mashinasi haydovchisi kaltaklandi

A A A
Farg‘onada «Tez yordam» mashinasi haydovchisi kaltaklandi

2020 yil 3 avgust kuni Farg‘ona viloyati  Oltiariq tuman “Katput” MFY Binokor ko‘chasi 5-uyga chaqiruvga asosan kelayotgan “Tez yordam” xodimlari mazkur ko‘chaning kirish qismidagi yo‘l chetida fuqaro M.Q. fuqaro B.M. bilan tortishib turganligi sababli ularni oldiga to‘xtashib, B.M.ga yordam bermoqchi bo‘lishganida M.Q. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, haydovchi B.P. va hamshira O.P.larni qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan M.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kiritildi: 11:34 16.08.2020. O'qildi: 2966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!