Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarning mamlakatimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishi va yashirin aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mazkur postga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro U.S. o‘zi boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinada umumiy qiymati 37,3 million so‘mlik 4 dona tibbiy texnika va 707 dona tibbiy buyumlar borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.