Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada ruhiy nosog‘lom erkak Milliy Gvardiya kiyimini kiyib, fuqarolar bilan qo‘pol munosabatda bo‘ldi

Farg‘onada ruhiy nosog‘lom erkak Milliy Gvardiya kiyimini kiyib, fuqarolar bilan qo‘pol munosabatda bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Milliy gvardiya (Qo‘riqlash bo‘limi) organiga tegishli bo‘lgan kiyim-boshda fuqarolar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan fuqaro Z.Q.ning xatti-harakatlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlik uchun MG boshqarma mansabdor shaxslari tomonidan o‘rganilganda, Marg‘ilon shahar Tibbiyot birlashmasi Ruhiy-asab kasalliklar bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnomada, u 1992 yildan buyon (“Umstvennaya otstalost legkoy stepeni so znachitelnimi narusheniyami povedeniya, trebuyushimi uxoda i lecheniya, obuslovlennaya drugimi utochnyonnimi prichinami”) tashxisi bilan “D” nazoratida turuvchi, umrbod 2-guruh nogironi ekanligi aniqlangan hamda unda bo‘lgan kiyim-boshlar olib qo‘yilgan.

Kelgusida fuqarolar tomonidan bu kabi soxta “forma“ kiyish oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari olib boriladi, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 18:32 17.04.2025. O'qildi: 1693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!