Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada ota Rossiyaga ketish uchun 92 million so‘m aliment to‘ladi

Farg‘onada ota Rossiyaga ketish uchun 92 million so‘m aliment to‘ladi

Farg‘onada ota farzandi uchun aliment to‘lovlarini oyma-oy to‘lab kelar edi, shunga qaramasdan safari hali uzoq davom etishini bilib, MIB Quva tuman bo‘limiga yo‘l oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona tumanlararo sudining 22.07.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan M.A.dan undiruvchi O.M. foydasiga 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘ridagi ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari olib borildi. Ijro harakatlari doirasida zarur choralari amalga oshirilib, ijrochining talablari to‘liq ta’minlandi.

Natijada, 2025 yil 1 dekabr kuni 92 400 000 (to‘qson ikki million to‘rt yuz ming) so‘m to‘liq undirilgan va undiruvchi O.M.ga tilxat asosida topshirildi. Qarzdor tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, mazkur to‘lov oldindan amalga oshirilgan bo‘lib, bu uning Rossiya Federasiyasiga chiqib ketishi bilan bog‘liq ekanligi bildirilgan.

To‘lovning qabul qilinishi va mablag‘larning undiruvchiga topshirilishi haqida tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Ijro harakatlari natijasida aliment majburiyati qonunda belgilangan tartibda to‘liq bajarilganligi sababli, ijro hujjati amalda tamomlandi.

Kiritildi: 20:06 02.12.2025. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!