Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tekshiruvi natijasida Rishton shahridagi «RISHTON PARVOZ TRANS» MCHJ lisenziyasiz «Umra» tadbirini tashkil etgani aniqlanib, kompaniyaga jarima qo‘llanildi.
Yuridik shaxslar uchun bunday huquqbuzarlik jarimasi 200 BHM — 82,4 mln so‘m etib belgilangan.
Qo‘mita fuqarolarni «Umra» ziyorati uchun faqat ishonchli va lisenziyaga ega tashkilotlar xizmatidan foydalanishga chaqirdi.