Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida ikki buldozer orasiga qisilib qolgan haydovchi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 21 oktyabr kuni fuqaro N.A. boshqaruvidagi Shantui SD16 rusumli buldozerida Novkat qishlog‘ida joylashgan D.M.ga qarashli baliq boqiladigan ko‘l hududida loyga botib qolgan X.A. boshqaruvidagi Shantui SD16 rusumli buldozerini tortayotgan vaqtida orqaga harakatlantirib yuborgan.
Oqibatda haydovchi X.A. buldozerlar orasida qisilib qolib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.F.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.