Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada giyohvandlik moddasi kontrabandasi bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga tushdi

Farg‘onada giyohvandlik moddasi kontrabandasi bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga tushdi

Farg‘ona viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvandlik moddasi kontrabandasi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi. Ulardan uch kilogrammdan ortiq “gashish” giyohvandlik moddasi daliliy ashyo sifatida olindi.

Farg‘ona tumanida yashovchi M. Muydinov jinoiy sheriklari M. Mamatov, R. Abdullayev, U. Imomnazarov va F. Qurbonboyevlar bilan noqonuniy yo‘llar bilan boylik orttirishni maqsad qilib, giyohvandlik moddasi savdosini amalga oshirishni reja qiladi. Ular 15 ming dollar evaziga Qirg‘iziston Respublikasidan shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan fuqarodan ko‘p miqdordagi 3014 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini olib, yashirin yo‘llar bilan O‘zbekistonga o‘tkazgan. Olib o‘tilgan giyohvandlik moddasini sotib, foydani o‘zaro bo‘lishib olgan. Ma’lum bo‘lishicha, M.Mo‘ydinov 21 ming AQSh dollari evaziga uch kilogramm miqdorda “gashish” giyohvandlik vositasini qo‘shni davlatdan O‘zbekiston Respublikasiga kontrabanda qilish uchun buyurtma olgan.

Sud tomonidan mazkur jinoyatni sodir etganlarga hukm o‘qildi. M.Mo‘ydinov 13 yil, R. Abdullayev, M. Mamatov 12 yil, U. Imomnazarov 12 yil 10 oy, F. Qurbonboyevga esa 11 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 14:18 31.05.2022. O'qildi: 2214 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!