Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada fuqaroning 350 AQSh dollarini ayriboshlab aldagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada fuqaroning 350 AQSh dollarini ayriboshlab aldagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona shahri. 2021 yilning 10 iyun kuni R.A shahar markazida joylashgan kafe oldida tanishi Q.A.ning ishonchiga kirib, 350 AQSh dollarini 3.692.500 so‘mga ayriboshlashga kelishib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan 350 AQSh dollari evaziga 3.142.500 so‘mni berib, qolgan 550.000 so‘m pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘lmi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kiritildi: 00:59 01.08.2021. O'qildi: 1789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!