Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada erkak 2 oylik chaqaloqni yostiq bilan dimiqtirib o‘ldirdi, ikki ayolni esa pichoqladi

A A A
Farg‘onada erkak 2 oylik chaqaloqni yostiq bilan dimiqtirib o‘ldirdi, ikki ayolni esa pichoqladi

Bu haqda "Sevimli" telekanalining "Zamon" dasturida batafsil ma’lumot berildi.

Aytilishicha, andijonlik erkak farg‘onalik qiz bilan ijtimoiy tarmoq orqali tanishadi. U bilan bir necha bor gaplashib, yoqtirib qoladi. Unga uylanmoqchi bo‘ladi. Ammo  avval rozilik bildirgan qiz  turmushga chiqish fikridan qaytadi. 

Bundan g‘azablangan erkak qizdan o‘ch olish payiga tushadi. Uning Farg‘onadagi xonadoniga borib qizning yangasini qorniga pichoq suqadi. Shundan so‘ng telefon orqali qizni uyiga chaqirtiradi. Yangasining ikki oylik chaqaloqni yig‘idan to‘xtata olmagach, yostiq bilan dimiqtirib o‘ldiradi. 

Qiz xonadoniga yetib kelgach, uni ham bir necha bor pichoqlaydi. Shu payt shovqinni eshitgan qo‘shnisi milisiyaga qo‘ng‘iroq qilishini aytadi. Qo‘qib ketgan qotil voqea joyini tark etadi, pichoqni yashirib, Andijon shahriga qaytib ketadi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining hukmi bilan erkak Jinoyat kodeksining tegishli modda va qismlari bilan  20 yilga qamaldi. 

Kiritildi: 18:31 20.11.2020. O'qildi: 5348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!