"O‘zenergoinspeksiya" Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Farg‘ona shahrida "P.I.M." MCHJga qarashli binoning elektr qurilmalari hisoblagichning ulanish sxemasini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 145,3 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.