Joriy yilning 14 fevral kuni fuqaro SH.O.(ayol) Farg‘ona shahar Jo‘ydam MFYda joylashgan ekin yer maydoni chetidagi terak daraxtlarni kestirayotgan vaqtida, ushbu yer maydoning sobik egasi fuqaro E.U. terak daraxtlari unga tegishli ekanligi xususida janjallashib ketishgan.
Janjal davomida E.U. SH.O.ning bosh qismiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Ko‘rsatilgan birinchi tez-tibbiy yordamga qaramasdan SH.O. shifoxonada vafot etgan.
Tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, SH.O.ning o‘limiga bosh qismidan olgan og‘ir tan jarohatlari sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan E.U.ga nisbatan shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.