Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida noma’lum shaxs 7 sentyabr kuni «Mergan» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi B. SH.ning narxi 50 million so‘m bo‘lgan xo‘rozini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda «Postda» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «Mergan» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi B. SH. ichki ishlar organiga murojaat qilib, 7 sentyabr kuni soat 12:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning tovuqxonasiga kirganini, bitta xo‘rozini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Foto: «Postda»
Noma’lum shaxs B.SH.ning uyiga devordan oshib o‘tgan va tovuqxonadan bahosi 50 million so‘m bo‘lgan xo‘rozni o‘g‘irlab ketgan.
Jabrlanuvchining murojaati asosida holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilmoqda.