Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada 414 dona gaz ballonlarini va suyultirilgan gaz mahsulotini talon-taroj qilganlar ushlandi

Farg‘onada 414 dona gaz ballonlarini va suyultirilgan gaz mahsulotini talon-taroj qilganlar ushlandi

“Hududgazta’minot” AJ Komplayens nazorat tuzilmalari, “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida tumanning “Dehqonobod” va “Do‘stlik” MFYlarida suyultirilgan gaz ballonlarini noqonuniy saqlash uchun mo‘ljallangan “bunker”lar aniqlandi.

Shuningdek, “Dehqonobod” MFYda fuqaro A.T. ga tegishli noturar joyda 69 ta, fuqaro E.F. xonadonida 35 ta “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minotiga tegishli maishiy gaz ballonlari topilgan. Fuqaro A.K. mahalladagi noturar joyda “bunker” tashkil qilgan va u yerda 110 ta maishiy gaz balloni, “Do‘stlik” MFYda joylashgan fuqaro A.T. ga tegishli noturar joyda T.H. tomonidan “bunker” tashkil etilgan holda, 200 dona gaz balloni saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Tadbirlar davomida jami 414 dona (314 tasi suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan) maishiy gaz ballonlaridagi 6,2 ming kg suyultirilgan gaz mahsuloti talon-taroj qilinishining oldi olindi.

Holatlar yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilib, barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

Kiritildi: 15:20 23.10.2024. O'qildi: 488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!