Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada 11 yoshli bola amakisi tomonidan ikki yil davomida zo‘rlab kelingani ma’lum bo‘ldi

Farg‘onada 11 yoshli bola amakisi tomonidan ikki yil davomida zo‘rlab kelingani ma’lum bo‘ldi

Voyaga yetmagan 11 yoshli bola 1973 yilda tug‘ilgan amakisi tomonidan ikki yil davomida zo‘rlab kelingan. Bu haqda bloger Aqida Xanum Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

«3 nafar farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im bilan ko‘p janjallashib qolardik. Hatto, turmush o‘rtog‘im uyimizni sotib, bizni ko‘chaga haydagan paytlar bo‘ldi. Bir kunda 40-50 litr sut sotib kelganimda ham shu o‘g‘lim bilan bitta non olib yerdik, xolos. Ro‘zg‘orimizga yordam bo‘lsin, deya ortiqcha narsa yemasdim. Er-xotin bitta chorva fermasida ishlardik. Bir kuni o‘g‘limning zo‘rlanganini bilib qoldim. Shunda turmush o‘rtog‘imga ‘Akangiz o‘g‘limizni zo‘rlab qo‘yibdi, xabaringiz bormi?’ desam, ‘ha bilaman. Lekin nima qilay? U meni akam. So‘yib tashlamayman-ku’ dedi», — gapirib beradi bolaning onasi.

Aniqlanishicha, ayol o‘g‘lini 7 yoshida qaynakasiga farzandlikka bergan.

«Bu ish 2018 yoki 2019 yilda boshlangandi. Birinchi buvamni tomorqasiga ekinlarni sug‘orishga borganimizda bo‘lgan. Ikkinchisi 3-4 oydan keyin qo‘yimiz tuqqanida shuni emizishga birga borganimizda bo‘lgan. Og‘riq zo‘ridan ko‘pincha buvamga aytmoqchi bo‘lganman, ammo aytolmaganman. Bu ish anchadan beri davom etib kelardi. Bir kuni, noiloj, buvamga aytishga majbur bo‘ldim. O‘tgan yili may oyida oyim meni shifokorga olib bordilar», — deydi 11 yoshli bola.

Ma’lum bo‘lishicha, shifokor, mahalla profilaktika inspektori va boshqalarning gaplariga qaramay bolaning onasi, buvasi andisha sababli 48 yoshli amakiga qarshi ish ochishni rad qilgan.

Kiritildi: 11:49 03.08.2021. O'qildi: 13264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!