Farg‘ona tumanida oldindan kuzatuvga olingan yuk avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganida, yukxonaga 2 turdagi 2 mln 324 ming dona salyut va petardalar ortilgani fosh bo‘ldi.
Shuningdek mazkur yuk mashinasi borib to‘xtagan xonadon ham ko‘zdan kechirilganida, bu yerda ham 2 turdagi 3 mln 485 ming donadan ziyod pirotexnika vositalari topildi.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.