Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Farg‘ona vodiysida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi keskin o‘smoqda — TDIU

Farg‘ona vodiysida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi keskin o‘smoqda — TDIU

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bo‘yicha mamlakatda eng yomon ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda. 1 noyabr holatiga "yashirin" bozor ulushi O‘zbekiston bo‘yicha 8,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, vodiyda bu ko‘rsatkich 18,8 foizga yetgan.

Ayrim shaharlarda vaziyat yanada og‘ir:

  • Marg‘ilon – 42,5%

  • Namangan – 33,7%

  • Qo‘qon – 25,2%

Yil boshidan 10 oy davomida davlat byudjetiga qariyb 411,5 mlrd so‘m to‘liq tushmay qolgan. Shundan 151,5 mlrd so‘m faqatgina vodiy hissasiga to‘g‘ri keladi.

TDIU ta’kidlashicha, reydlar va mahsulotlarni olib qo‘yish choralari ko‘rilganiga qaramay, vaziyat sezilarli yaxshilanmayapti. Agar ayrim hududlarda sotilayotgan har uchinchi tamaki qutisi aksizsiz bo‘lsa, demak, nazorat tizimi samarali ishlamayotgani ayon.

Mutaxassislar fikricha, O‘zbekistonda noqonuniy savdo uchun na faqat sotish, balki kontrabanda mahsulotlarni saqlash va tashish bo‘yicha ham qat’iy jazo choralari mavjud emasligi yashirin bozor o‘sishiga zamin yaratmoqda.

Kiritildi: 14:26 25.11.2025. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!