Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Farg‘ona viloyatiga 1,3 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kirgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyatiga 1,3 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kirgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.SH. (muqaddam JKning 276-moddasi bilan sudlangan) “Xo‘ja Ilg‘or” MFY hududidagi bojxona postida umumiy bahosi 1,3 mlrd so‘mlik 9 542 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan “Zardeks” nomli dori vositasini Qirg‘iz Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirgan vaqtida ushlanib, ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish), 246-moddasi (kontrabanda) va 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!