Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘qon shahrida joylashgan “U.F” oilaviy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchisi xaridorga 50 dona ampuladagi “Omnadren 250” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini shifokor reseptisiz 2,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Dang‘ara tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buvayda tumani “Yangiqo‘rg‘on” MFYda joylashgan “V.F.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchichi xaridorga 75 dona ampuladagi “Omnadren 250” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini shifokor reseptisiz 4,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:38 16.09.2025. O'qildi: 718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!