Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Farg‘ona viloyatida fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyatida fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “E.V.” MCHJ rahbari J.R. fuqaro N.N.ning ishonchiga kirib, uni Angliya davlatiga ishga yuborishi hamda viza hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga 1 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida MCHJ rahbari J.R. 7 nafar fuqaroni chet davlatga ishga yuborishi evaziga jami 10 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 114,2 mln so‘mning qaytarilishi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:46 26.06.2025. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!