Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Marg‘ilon shahar filiali abonentlar bo‘limi operatori A.O. fuqaro YO.M.ning xonadonida ichimlik suvi ta’minotidan qarzdorligi bo‘lmasa-da, aholiga qarzdorliklar haqida xabar berishda foydalaniladigan telefon raqamidan YO.M.ning telefon raqamiga go‘yoki 9,6 mln so‘m qarzdorligi borligi haqida yolg‘on SMS xabarnoma yuborib, ushbu qarzdorlikni yopib berishi evaziga fuqarodan 9 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.