Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Katta Farg‘ona magistral kanali boshqarmasi muhandisi U.T. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) va boshqalar Toshloq tumanidagi “H.R.” fermer xo‘jaligi rahbari SH.K.ning ishonchiga kirib, ushbu xo‘jalikning yonida joylashgan kanallar boshqarmasi muhofaza zonasiga kiruvchi 55 sotix yer maydonida kelgusida qurilish ishlarini amalga oshirishi uchun muhofaza hududiga kirmasligi to‘g‘risida xat rasmiylashtirib berishlari evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.