Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Farg‘ona viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Z.A. xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 90 mln so‘mlik 7 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini tanishlarining “Lacetti” va “Damas” rusumli avtotransport vositalarida keyinchalik sotish maqsadida “At-termiziy” MFY hududidagi xonadonga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:23. O'qildi: 186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!