Bugun 25 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Farg‘ona viloyatida 1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Farg‘ona viloyatida 1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

O‘zenergoinspeksiya Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Dang‘ara tumanida “U.M.T.” oilaviy korxonasiga qarashli ob’ektda o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelish holati aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 milliard 11 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:25. O'qildi: 280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!