Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Farg‘ona va Qashqadaryoda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdosining oldi olindi

Farg‘ona va Qashqadaryoda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdosining oldi olindi

Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi fosh etildi.

Farg‘ona shahrida Departament xodimlari “V.A.” MCHJga qarashli do‘kon sotuvchisi O.S.ni 2 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotish vaqtida ushladi. Tekshiruvda do‘kondan umumiy qiymati 106,7 mln so‘mlik turli nomdagi qalbaki alkogol hamda 10,5 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan boshqa tezkor tadbirda “Bo‘ston” MFYdagi “D.D.” xususiy korxonasiga tegishli do‘kondan 34,5 mln so‘mlik, 18 turdagi 938 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilgani aniqlandi va musodara qilindi.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:43 29.11.2025. O'qildi: 1003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!