Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


1️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Farg‘ona tumani Log‘on MFYdagi xonadonlardan biri tegishli tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu manzilda 2000 y.t. fuqaroga tegishli 993 gr “gashish” va 212 gr “Alfa-PVP” narkotik moddalari, shuningdek, 2728 dona “Regapen” va 458 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
2️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “Toshkent-Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Spark” rusumli avtotransport vositasi Chust tumani hududida to‘xtatilib tekshirildi.

Natijada, unda ketayotgan Namangan shahrida yashovchi, 1992 y.t. shaxs va Davlatobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1997 y.t. fuqarodan 1 kg 127 gr “opiy” moddasi olindi.

Kiritildi: Bugun 07:15. O'qildi: 236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!