Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘ona va Andijonda 683 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Farg‘ona va Andijonda 683 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Andijon va Farg‘ona viloyatlarida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Andijon tuman bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda “K.D.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar “Sultonobod” MFY hududida joylashgan ushbu MCHJga qarashli savdoni tashkil qilish uchun maydonlarini ijaraga berish faoliyatini amalga oshirish davomida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘rnatilgan elektr energiyasini hisobga olish uskunasiga qasddan tashqi ta’sir ko‘rsatib, jami 269 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi, IIB va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro J.P. “Oqtepa” mahallasidagi ekin yer maydonida elektr suv nasosni umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulab, jami 227,8 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan.

Departamentning Rishton tumani va Marg‘ilon shahri bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “B-M.” fermer xo‘jaligi va “M.M.” xususiy korxonasi rahbarlari elektr hisoblagich ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida 186,7 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda 2024 yilning birinchi yarmida 550 milliard so‘mdan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kiritildi: 16:31 09.07.2024. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!