Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan D.G‘. fuqaro M.S.ni “U.S.” qo‘shma korxonasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 600 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, yana 200 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.