Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Farg‘ona shahrida pirotexnika vositalari bilan bog‘liq qoidabuzarlik aniqlandi

Farg‘ona shahrida pirotexnika vositalari bilan bog‘liq qoidabuzarlik aniqlandi

"Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbir doirasida Farg‘ona shahri Yuksalish ko‘chasida joylashgan Farg‘ona viloyati IIBning Birinchi mintaqaviy hududi PPX otryadi 4-guruh xodimlari tomonidan olib borilgan xizmat davomida S. Axmad ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan shaxs tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida uning sumkasidan 50 dona “Mikki Maus” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur pirotexnika vositalari xolislar ishtirokida olindi. Voyaga yetmagan shaxs ekanligi inobatga olinib, uning otasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda 412 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 18:33 16.12.2025. O'qildi: 933 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!