Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Faol hokim yordamchilaridan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi — Prezident qarori

Faol hokim yordamchilaridan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi — Prezident qarori

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida yuqori natijaga erishib kelayotgan, ijobiy tajribaga ega 50 nafar hokim yordamchisidan iborat “Loyiha menejerlari” guruhi tashkil etiladi.

Bunda:

“Loyiha menejerlari” guruhi tarkibidagi har bir hokim yordamchisi samaradorlik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan tuman (shahar)larga biriktiriladi va ular olti oygacha mazkur tuman (shahar)lardagi mahallalarga xizmat safariga yuboriladi;

xizmat safari davomida “Loyiha menejerlari” guruhidagi hokim yordamchilari, ish haqi va boshqa ijtimoiy to‘lovlar saqlab qolingan holda, lavozim maoshining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi;

“Loyiha menejerlari” guruhi tarkibidagi hokim yordamchilarining xizmat safari va ularni moddiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlar Hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

❗️Hokim yordamchilarini qonunchilikda ularga yuklatilgan vazifalardan tashqari boshqa ishlarni bajarishga jalb etish taqiqlanadi.

Kiritildi: Bugun 14:50. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!