Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Akademiya axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharafova ma’lum qildi.
2017-2022 yillarda Akademiya izlanuvchilari tomonidan 604 ta (413 ta falsafa doktori va 191 ta fan doktori, shulardan 188 nafari fizika-matematika, 253 nafari kimyo-biologiya va tibbiyot, 163 nafari ijtimoiy-gumanitar sohalarda) dissertasiya himoya qilishdi.
Akademiya ilmiy tashkilotlari tomonidan davlat ilmiy dasturlari doirasida 251, 816 mlrd. so‘mlik 143 ta loyiha amalga oshirmoqda.
Davlat ilmiy dasturlari doirasida 28 ta fundamental (94 mlrd. so‘m), 65 ta amaliy (112.5 mlrd. so‘m), 14 ta innovasion (19 mlrd. so‘m) va 36 ta innovasion (24 mlrd.so‘m) xalqaro ilmiy loyihalar bajarilmoqda.
Akademiya YUNESKO, MAGATE, MAAN va TWAS xalqaro tashkilotlari a’zosi hisoblanadi.