Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Falastinliklar namoz o‘qishdan to‘silmoqda

Falastinliklar namoz o‘qishdan to‘silmoqda

Al-Jazeera: Falastinliklar Al-Aqso masjidiga kirish uchun kunlik qiyinchiliklarga duch bo‘lmoqda.

Bosib olingan G‘arbiy Qirg‘oqdan kelgan falastinliklar Sharqiy Quddusga, Al-Aqso masjidida namoz o‘qish uchun yo‘l olayotganda, Qalandiya va 300-raqamli nazorat-o‘tkazish punktlarida uzun navbatlar paydo bo‘lmoqda.

Jeninning janubidagi Qabatiya shaharchasidan bo‘lgan falastinlik ayol Oysha Nazzal, maxsus ruxsatnomasi bo‘lishiga qaramay, Isroil armiyasi uning masjidga yetib borishiga to‘sqinlik qilganini bildirdi.

"Quddus va Al-Aqso biz falastinliklar uchun hamma narsa, ibodat qilish erkinligi esa bizning huquqimizdir. Biroq, bosqinchilar barcha narsani e’tiborsiz qoldiradi," - deya u Anadolu axborot agentligiga ma’lum qildi.

Jenin aholi vakili Taysir Balavi, Isroil hokimiyati uni hech qanday sabab ko‘rsatmay to‘sib qo‘yganini aytdi.

"Men ko‘rsatmalarga binoan maxsus ruxsatnoma oldim... xavfsizlik bo‘yicha hech qanday e’tiroz yo‘q edi, lekin askarlar mening manzilim Jenin ekanini ko‘rgach, meni ichkariga kiritishmadi," - dedi u. "Bu shunchaki odamlarga bosim o‘tkazish uchun qilinmoqda."

Kiritildi: 21:54 14.03.2025. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!