Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Falastin terma jamoasi sobiq hujumchisi Isroil hujumida vafot etdi

Falastin terma jamoasi sobiq hujumchisi Isroil hujumida vafot etdi

Falastin terma jamoasining sobiq futbolchisi Isroil hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

"Isroil bosqinchi kuchlari chorshanba kuni G‘azo sektori janubida gumanitar yordam kutayotgan odamlarga zarba berganidan keyin Sulaymon al-Obeyd shahid bo‘ldi," - deyiladi Falastin futbol assosiasiyasi matbuot xizmati xabarida.

41 yoshli Sulaymonning turmush o‘rtog‘i, ikki o‘g‘li va uch qizi tirik qoldi.

Al-Obeyd faoliyati davomida Falastin chempionatida o‘ynagan, terma jamoa safida 24 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan. Uning hisobida professional faoliyatida 100 dan ortiq gol bor.

Kiritildi: 18:27 06.08.2025. O'qildi: 846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!